
Bugun, 18-sentabr kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq havo kuzatiladi. Havo harorati 32-darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 29-31 daraja issiq bo‘ladi, kechga kelib 13-16 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 18-23 atrofida iliq bo‘ladi, kechqurun esa 10-13 daraja salqin bo‘ladi.