Andijonda «Vodiy sanoat faxri» MCHJ tomonidan 2,4 tonnadan iborat 42.5 mlrd so‘mlik paxta chigit mahsulotlarini birja savdosiga qo‘ymay tuzilgan shartnomaga muvofiq «Sof tex» MCHJga sotganligi aniqlandi. Bu haqda qo‘mita axborort xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 – 2024-yillardagi birja katirovka narxlari bilan mahsulot sotilgan narxlari solishtirilganda 3 ta holatda o‘rtadagi tafovut 152 mln so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, yana 14 ta holatda birja kotirovka narxlari bilan mahsulot narxlari solishtirilganda 361 tonna turli navli mahsulotlarda jami 1,4 mlrd so‘mga teng miqdorda farq yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan, maxsus komissiya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunga binoan jamiyatga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, chora ko‘rilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.