Alkogol ichimliklarni ulgurji sotishning minimal narxlari joriy etildi

eʼlon qilindi
Qaror 17-sentabrdan boshlab kuchga kirdi
Foto: Pixabay.com

Alkogol mahsulotlari uchun yangi minimal narxlar tasdiqlandi. Soliq qo‘mitasi qarori Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 1 litr vino ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun 14 400, ulgurji savdo uchun 15 100 va minimal narxda 16 400 so‘m etib belgilandi.

1 litr aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining ishlab chiqarilgan korxonada 37 000, ulgurji savdoda 39 000 hamda eng kam sotish uchun 43 000 so‘m qiymatda sotilishi tasdiqlandi.

Konyak (1 litr) uchun ham narxlar mos ravishda 57 400, 60 500 va 66 000 so‘m etib belgilab qo‘yildi.

2023-yildagi narxlar bilan solishtirganda vino, aroq va konyak uchun narxlarda farq sezilmaydi. Ammo o’tgan yili ulgurji savdo uchun alohida narxlar yo‘q edi.

Yangi narxlar haqidagi qaror 17-sentabrdan boshlab kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish bo‘yicha inspeksiya tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek