Bitcoin narxi deyarli $60 mingga ko‘tarildi
eʼlon qilindi
Uznex va Coindesk ma’lumotlariga ko‘ra

18-sentabr, chorshanba kuni bitkoin kursi 12:47 da $60,4 mingga yetdi, kun davomida uning narxi 2,99 foizga oshdi, deb xabar berdi Coindesk. Milliy Uznex kriptobirja ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 15:16 da bitkoin narxi $59,4 mingga pasaydi.
Coindesk ma’lumotlari bo‘yicha, kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi $1,19 trillionga baholanmoqda. Bitkoinning 24 soat ichida maksimal qiymati 61,3 ming dollarni, minimal qiymati esa 58,6 ming dollarni tashkil etdi (Coindesk).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitcoin kursi $50,2 mingga tushib ketgani haqida yozgan edi.