Yangiliklar

Dollarning narxi ko‘tarildi

Foto: Christoph Meinersmann / Pixabay

18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 7,39 so‘mga o‘sdi va 12 739,95 so‘mni tashkil qildi.

Moliya institutlari AQSh valyutasini 12 670 – 12 710 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 740 – 12 795 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning valyuta birjasida 17-sentabr kuni dollarning qiymati 3,08 so‘mga ko‘tarilgan edi.