Yangiliklar

Endilikda davlat tilini bepul o‘rganish mumkin

Kurslar umumiy 144 soatni o‘z ichiga oladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan barcha uchun o‘zbek tili kurslari ochildi. Bu haqda markazning ijtimoiy sahifasida ma’lum qilindi.   

«Moddiy jihatdan muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun darslar bepul o‘tiladi, bundan tashqari davlat tashkilotida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun to‘lov asosida, tashkilot bilan shartnoma tuzilgan holda darslar tashkil etiladi», — deya ma’lumot berdi Kursiv Uzbekistan’ga matbuot xizmati xodimi Muhammadaziz Omonov.

10 – 12 nafar o‘quvchidan iborat guruh shaklida darslar o‘tiladi, shuningdek, kurslar umumiy 144 soatni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, kurslar Alisher Navoiy nomidagi universitetning malaka oshirish markazida (avvalgi pedagogika instituti) tashkil etiladi.

Ta’lim olish istagida bo‘lganlar, +998975535919 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Toshkentda ilk bor dasturlash maktabini ochishi haqida xabar bergan edi.