Germaniya o‘zbekistonliklarga viza berishni soddalashtiradi
eʼlon qilindi
Germaniyada ishlash uchun
Germaniya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun ishchi vizalarini berishni soddalashtirish niyatida, deb xabar qildi O‘zR Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati.
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Bandlik vazirligi rahbari Behzod Musayev bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi.
Bungacha Behzod Musayev joriy yilda O‘zbekistondan 800 nafargacha hamshira Germaniya kasalxonalariga ishga yuborilishini aytgan edi.
Bundan tashqari, Aaxen universiteti klinikasi Respublika tibbiyot texnikumi negizida hamshiralar akademiyasini tashkil etishga yordam beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Germaniya bilan birgalikda Afg‘oniston aholisini kasb-hunarga o‘rgatishga tayyor ekani haqida yozgan edi.