iOS 18 Apple qurilmalarining quvvatini tez tugatyaptimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qurilmani o‘chirib yoqish hamda ekran yorug‘ligini pasaytirish tavsiya etiladi
Foto: MamunSheikh / depositphotos

Apple foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, iOS 18 qurilmalarning quvvatini tez tugatish bilan birga, ularning tez qizishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

iOS 18 dasturiy ta’minotini o‘rnatishga shoshilayotgan foydalanuvchilarda «batareya» quvvatining tez pasayishi va boshqa bir qancha muammoli holatlarga duch kelmoqda.

Ba’zi mutaxassislar tomonidan bu kabi holatlar yangilanishdan so‘ng doimiy uchrab turadigan odatiy hol deya izohlanmoqda. iOS 17 bilan ham shunday muammolar yuzaga kelgan edi. Ushbu holatda muammolarni kamaytirish uchun qurilmani o‘chirib yoqish hamda ekran yorug‘ligini pasaytirish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, X ijtimoiy tarmog‘ida ham apple foydalanuvchilaridan biri «yangilanishda afsusdaman» deya izoh qoldirgan.

«Men 80% batareyada zaryadlanganimdan bir soat o’tdi va bu vaqt ichida uni unchalik ishlatmadim, lekin endi telefonimning foizi 67% ga tushdi», — deydi foydalanuvchilardan yana biri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple rasman yangilangan iOS 18 dasturiy ta’minotini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek