Bir vaqtning o‘zida bir nechta Yevropa davlatlari kamida 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan keng ko‘lamli suv toshqinidan aziyat chekishda davom etmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Tabiiy ofat Ruminiyada yetti, Polshada olti, Avstriyada besh va Chexiyada uch kishining o‘limiga olib keldi. Chexiya va Polshada o‘n minglab uylar elektr va suv ta’minotisiz qolmoqda.
Hozir Polshaning uchinchi yirik shahri – Vrotslavda suv toshqini avj pallasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu tarixiy aholi punkti bo‘lib, mamlakatning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.
Morningstar DBRS reyting agentligi Markaziy Yevropadagi suv toshqinidan ko‘rilgan zararni bir necha yuz million yevrodan bir milliard yevrogacha baholagan.
Kursiv Uzbekistan Vyetnamda «Yagi» tayfuni tufayli 143 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.