Joriy yilning 18-sentabr kuni taxminan soat 7:28’lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga 7:34 da yetib brogan qutqaruv ekipajlari soat 08:56 da yong‘in batamom o‘chirdi.
Jarohat olganlar hamda vafot etganlar yo‘q. Hozirgi vaqtda yong‘in sabablari hamda yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot bergan edi.