Yangiliklar

O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di – video

10 sm qalinlikda
Foto: Hisor qoʻriqxonasi ma’muriyati

Qashqadaryo viloyatidagi baland togʻli hududlarda qor yogʻdi. Bu haqda Hisor qoʻriqxonasi ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, qor dengiz sathidan 2,7 km balandlikdagi tog‘larda yog‘di.

Qor qoplamining qalinligi taxminan 10 sm.ni tashkil etgan, daryo va soylardagi suv muz bilan qoplangan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/09/video_2024-09-18_09-41-39.mp4
Video: Hisor qoʻriqxonasi ma’muriyati

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Qamchiq» dovonida harakat vaqtincha cheklanishi haqida yozgan edik.

18-sentabr kungi ob-havo haqida ushbu havolada o‘qishingiz mumkin.