Poytaxtda 12 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        18-sentabrdan 5-oktabrgacha
                    
                            
18-sentabrdan 5-oktabrga qadar Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismi yopilishi sababli 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobuslar boshqa yo‘nalishda harakatlanadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yuqoridagi avtobus yo‘nalishlarining harakati suratda ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.
Shu sababli ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari belgilangan vaqtdan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtdagi Bobur ko‘chasi vaqtincha yopilishi haqida yozgan edik.
