2024-yil 18-sentabr kuni burgʻilash va portlatish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan «Qamchiq» dovonida transport harakati cheklandi. Bu haqda YHXX rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258 kilometrlari orasida portlatish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, dovonning ochilishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar Toshkent shahri Bobur ko‘chasining bir qismida avtotransport vositalari harakati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edi.