Tenge bank va Kapitalbank Soliq qo‘mitasi tomonidan ogohlantirish oldi

eʼlon qilindi
Majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani uchun
Фото: «УзА».

Qo‘mita huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bankni ogohlantirdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, shu yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari Soliq qo‘mitasini xabardor qilmagan holda yangi axborot tizimidan foydalanishga o‘tgan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o‘zgartirishlar kiritayotgani sababli ba’zi to’lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Birgina shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini, Kapitalbank esa 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir necha banklar MB tomonidan jarimaga tortilgan edi.

Shuningdek