Toshkentda maxsus Yandex elektrovelosipedlari paydo bo‘ladi
Yandex Uzbekistan ICT Week konferensiyasida oktabr oyidan boshlab Toshkentda Yandex kuryerlari uchun maxsus dizayndagi elektrovelosipedlarni taqdim etadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Velosipedlar xavfsizlik nuqtai nazaridan tezlikni majburiy nazorat qiluvchi loT tizimi bilan jihozlangan bo‘ladi. Shuningdek, oktabr oyidan boshlab Yandex Go xizmatining Eats kuryerlari ushbu velosipedlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, elektrovelosipedlarda o‘rnatilgan loT tizimi odamlar gavjum joylarda majburiy tezlikni pasaytiradi. Shuningdek, termosumkani mustahkamlash uchun maxsus yukxona mavjud bo‘ladi. Eng muhimi smartfonlarni quvvatlash uchun USB-portlarga ham ega bo‘ladi.
«Shu tariqa biz xavfsizlik xususiyatlari bilan ajralib turadigan qulay va ishonchli transport vositasini yaratdik», deydi Yandex Eats xizmatining O‘zbekistondagi rahbari Stanislav Datsko.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandeks Go Toshkentda yangi premium Ultima tarifini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.