Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rildi

eʼlon qilindi
Mansabdorga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash uchun hujjatlar sudga yuborilgan
Foto: Urganch davlat universiteti

Boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan Urganch davlat universitetiga nisbatan Raqobat qo‘mitasi tomonidan qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Urganch davlat universiteti tomonidan davlat sheriklik asosida 7 qavatli, 600 o‘rindan iborat turarjoy binosining qurilishi bo‘yicha belgilangan summadagi tender savdosi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Natijada obyektning sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilangani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 496-qarorida 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari binolari III-toifada sifatida «Shaffof qurilish» axborot tizimiga joylashtirilishi qayd etilgan.

Ammo universitet tomonidan tizimga obyekt II-toifa qilib joylanishi natijasida boshqa viloyatlar ishtiroki cheklangan.

Holat yuzasidan qonuniy tartibda ish qo‘zg‘atilib, buyurtmachi tashkilot mansabdoriga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish uchun hujjatlar sudga yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning Mars kompaniyasi shikoyatidan so‘ng O‘zbekistondagi ikkita MChJ jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek