19-sentabr kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 19-sentabr kuni Toshkent viloyatida birinchi kun yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘rtacha havo harorati 26-31 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkentda ertalab yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, kunduzi yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 27-29 daraja issiq bo‘ladi, kechga kelib havo 11-16 darajagacha pasayadi.
Tog‘li hududlarning ayrim joylarida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo 23-darajagacha ko‘tariladi.