Tovarlar hamda xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bekor qilinishi to‘g‘risida PF-140-son prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonda qayd etilishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, bog‘lar, tokzor hamda tutzorlar joylashgan yerlar uchun yer solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz bekor qilinadi hamda mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda yo‘lovchilarni yagona tarif bo‘yicha tashish xizmatlari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi. Ushbu o‘zgarish nogironlar jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga va realizatsiya qilinadigan tovarlarga taalluqlidir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yerlarni mulk huquqi asosida sotib olish uchun har oyda bo‘lib to‘lashga ruxsat etilishi bo‘yicha prezident farmoni tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.