Yangiliklar

Bozordagi vaziyat: AQShda bazaviy stavkaning pasayishi neft narxining oshishiga olib kelmadi

Intel aksiyalari tushmoqda
Rasm: DeminPan / www.depositphotos.com

AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) to‘rt yil ichida birinchi marta bazaviy stavkani pasaytirishga qaror qilganiga qaramay, jahon bozorlarida neft narxi pasaymoqda, deb xabar berdi Trading economics portali.

Brent neftining fyucherslari bir barrel uchun taxminan $73 gacha, WTI – $70 gacha tushdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Federal zaxiraning stavkani pasaytirish to‘g‘risidagi qarori dastlab narxlarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlagan, ammo umuman olganda bozorning javobi bosiq bo‘lgan. Vaziyatga treyderlarning Xitoy tomonidan xomashyoga talabning pastligi va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik borasidagi xavotirlari ta’sir qilishda davom etmoqda.

Fond bozorlarida Intel aksiyalari pasaymoqda (-3,17 foizga), Nvidia (+1,69 foizga) va Apple (+1,81 foizga).

Kursiv Uzbekistan kuni kecha bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.