Hennessy konyagi bo‘yicha Fransiya kompaniyasining huquqlari himoya qilindi

eʼlon qilindi
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi aniqlangan
Foto: oblishch / depositphotos

Fransiyaning «Societe Jas Ilennessy & Со» kompaniyasining konyak mahsulotiga «Afsar company LTD» MCHJ’ning konyak mahsuloti tashqi ko‘rinishi o‘xshashligi yuzasidan Raqobat qo‘mitasi jarima qo‘lladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, «Afsar company LTD» tomonidan Extra old tovar belgisi ostida muomalaga kiritilgan konyak mahsuloti Fransiya kompaniyasining Hennessy tovar belgisi ostida muomalaga kiritilgan konyak mahsulotga o‘xshash qilib ishlangan. Ya’ni ushbu mahsulotning tashqi ko‘rinishi adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan maxsus komissiya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun buzilish holati aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.     

Shuningdek