«Ipak yo‘li» xalqaro kinofestivalida «O‘zbek kinosi kunlari» bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
21 – 25-sentabr kunlari Xitoyning Sian shahrida
Foto: O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

21 – 25-sentabr kunlari Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li» xalqaro kinofestivalida «O‘zbek kinosi kunlari» tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar beradi.

O‘zbekiston bu yil mehmon davlat deb topildi va Sian kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbek kinosi kunlari»da «O‘zbek qizi», «101-reys», «Bahodir Yalangtoʻsh», «Xaus», «Osmondagi bolalar 3», «Yakshanba», «Puankare», «Kim deyay seni?» filmlar namoyish etiladi.

Kinofestival 50 dan ortiq mamlakatlar taniqli shaxslar va 6 mingdan ortiq kino sanoati mutaxassislarini birlashtiradi. Mashhur mehmonlardan Jeki Chan, Sofi Marso, Renni Xarlin, Monika Belluchchi va boshqa yulduzlar ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipak yoʻli durdonasi» XVI xalqaro kinofestivali noma’lum muddatga ko‘chirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek