
Navoiy viloyati aeroportiga uchta aviakompaniya tomonidan yuk tashuvlari amalga oshirila boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniyaning Titan Airways aviakompaniyasi joriy yilning 12-sentabr kuni Chuntsin — Navoiy — London yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter yuk reysini amalga oshirdi.
17-sentabrda esa Latviyaning SmartLynx Airlines aviakompaniyasi Varna — Navoiy — Dakka yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter yuk reysini amalga oshirdi.
Shuningdek, 18-sentabr kuni FlyKhiva mahalliy aviakompaniyasi ham Echjou — Lyej yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy shahrida texnik to‘xtash bilan charter reyslarini yo‘lga qo‘ydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Airports tomonidan Urganch xalqaro aeroporti bo‘yicha loyiha yuzasidan tender muddati uzaytirilgani haqida xabar bergan edi.