Yangiliklar

Norvegiyada elektromobillar soni benzinli avtomobillardan oshib ketdi

754 303 ta elektromobil mavjud
Foto: Pixabay.com

Norvegiyada 2024-yil 16-sentabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 2,8 mln yengil avtomobildan 754 303 tasi elektromobil, qolgan 753 905 tasi benzinli avtomobillardir. Bu haqda OF axborot nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatda benzinli avtomobillar bilan birga dizel dvigatellilarining soni ham kamayishda davom etmoqda.

«Bu tarixiy voqea. O‘n yil oldin bunday bo‘lishini tasavvur ham qilish qiyin edi. Yo‘lovchi avtomobillari parkini elektrlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Norvegiya elektr avtomobillari ustunlik qiladigan yengil avtomobillar parkiga ega dunyodagi birinchi davlat bo‘lishiga bir qadam qoldi», deydi OFV direktori Oyvind Solberg Torsen.

OFV avvalroq hisob-kitoblariga ko‘ra 2030-yilga borib yengil avtomobillar soni 3,1 mln taga yetadi.

Solberg Torsenning fikricha, ilk elektromobillar ustunlik qiladigan mamlakatga aylanishga ikkita sabab bor: elektrlashtirilgan funksiyalar va bu kabi avtomobillarga bo‘lgan aksiyalardir.

So‘nggi 20 yil ichida bir milliondan ortiq benzinli avtomobillar o‘rnini elektromobillar egalladi. Xuddi shu rivojlanish dizel avtomobillari uchun ham sodir bo‘lishi kutilmoqda.

«Ammo elektromobillar soni dizel avtomobillardan oshib ketishi uchun hali vaqt kerak. Chunki Norvegiyada hali ham bir millionga yaqin dizel avtomobillari mavjud. Ularning ko‘pchiligi Norvegiya yo‘llarida hali ko‘p haydaladi», deydi Solberg Torsen.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti oy ichida O‘zbekistonga qancha elektromobil import qilingani haqida yozgan edik.