O‘zbekiston MDHning Kosmos bo‘yicha kengashiga rahbarlik qiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bungacha tashkilotga Tojikiston rahbarlik qilgan
                    
                            
O‘zbekiston 2025-yil uchun MDH davlatlararo kosmik kengashi raisi etib saylandi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Bu haqda tashkilotga a’zo davlatlarning Toshkentdagi uchrashuvida qaror qabul qilindi. Rahbarlikni «O‘zbekkosmos» agentligi direktori Shuhrat Qodirov amalga oshiradi.
Qodirov kosmik sohada yosh mutaxassislar malakasini oshirish tashabbusini ilgari surdi.
Kengashda raislikni har bir MDH mamlakati alifbo tartibida oladi. Bungacha kengash raisi Tojikiston vakili Farhod Rahimiy edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekkosmos» masofadan zondlash sohasida Xitoyning CETC kompaniyasi bilan hamkorlik qilishini yozgan edi.
