“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi berildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, “Yashil xayriya jamg‘armasi” tashkil qilinadi
Foto: Careers.doi.gov

19-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, havoni musaffo saqlash, ekologik hodisalarning ta’sirini kamaytirish borada ikkita dastur ishlab chiqildi.

Birinchisi chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan milliy dasturdir. Loyiha doirasida Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha modernizatsiya qilinadi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tuzish taklifi bildirildi. Sanitar tozalash korxonalarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga qarab, uchta toifaga ajratgan holda reyting tizimi tashkil etiladi.

Ikkinchisi 5 yilda poytaxtimiz va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarida 441 gektar «yashil belbog‘» va bog‘lar tashkil qilish orqali Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilishga erishish dasturidir.

Foto: President.uz

Endi quriladigan, balandligi 12 metrdan, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq binolarni loyihalashtirishda atrofi 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish talab etiladi.

Shuningdek, faol va jonkuyar insonlarni rag‘batlantirish uchun «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvonini ta’sis etish taklifi ham bildirildi.

Daraxtlarni kesish, daryo o‘zanlaridan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash uchun jarimalar oshiriladi.  

Shu bilan birga, ISO 14024 xalqaro standartiga asosan, «Yashil belgi» nomi ostida mahsulot va xizmatlar ixtiyoriy ekologik markirovkalanadi. 2 ming 336 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda avtomatik monitoring stansiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari va suv tozalash inshootlar o‘rnatiladi.

Ekologiya vazirligi huzurida «Yashil xayriya jamg‘armasi», elektron xarid ilovalarida «Yashil to‘lov» ixtiyoriy ustama turi tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning «chorlovchi nuqtasi» sifatida targ‘ibot ishlari olib boriladi. «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi joriy etiladi. Tibbiy va sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hosildorligi past yerlar bog‘dorchilik uchun 30 yilgacha ijaraga berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek