O‘zbekiston teatri Rossiya festivalida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Sentabrning uchinchi o‘n kunligida
Rasm: Unsplash

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri 20 – 26-sentabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan professional festivalda ishtirok etadi, deb xabar berdi «Kommersant» nashri.

O‘zbekistonlik teatr tadbir doirasida «Pushkin. So‘nggi kunlar» spektaklini namoyish etadi.

Bu yil festival yozuvchi va shoir Aleksandr Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan. Uning asarlari bo‘yicha O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus truppalari tomonidan spektakllar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yosh tomoshabinlar teatri Rossiyada mukofotni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek