O‘zbekistonda ishbilarmonlik faollik indeksi 7,6 foizga o‘sdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan baholangan ishbilarmonlik faollik indeksi (IFI) joriy yilning avgust oyida 1076 birlikni tashkil etib o‘tgan oyga nisbatan 7,6 foizga o‘sishni qayd etgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa ko‘rsatkich 18 foizga o‘sgan, deb xabar qildi ITIM.
Avgust oyida IFI iyul oyga nisbatan ortishi bir qancha komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan.
Masalan, bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni 13,1 foizga kamaygan. Xo‘jalik yuritivchi subyektlar bo‘yicha komponent esa 0,2 foizga oshgan. Birjada xomashyo sotib olish jadalligi 30,1 foizga, tovar belgilari bo‘yicha komponentlar 3,5 foizga oshgan.
2024 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 7 ta hudud Qashqadaryo 38,3 foiz, Navoiy 58,8 foiz, Toshkent 38,9 foizga viloyatlari Samarqand 42,9 foizga va Qoraqalpog‘istonda 34,3 foizga sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.
Shu bilan birga, ushbu indeksning Sirdaryo 12,8 foizga, Surxondaryo 7,5 foizga hamda Toshkent shahri 7,5 foizga pasayishi kuzatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyul oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada yaxshilangani haqida xabar bergan edi.