O‘zbekistonda oltin narxi ketma-ket uchinchi kun pastladi

eʼlon qilindi
Narx 1,2 foizga pastladi
Foto: Unsplash

2024-yil 19-sentabr holatiga ko‘ra, uchinchi kun oltin quymalarining narxi pastlashda davom etmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun 19 sentabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi 5 mln 418 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bir kun avval 18-sentabr kuni esa ushbu ko‘rsatkich 5 mln 428 ming so‘mga teng bo‘lgan.  

Shuningdek, 17-sentabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi 5 mln 462 ming so‘mni tashkil etgan. 16-sentabr dushanba kuni 5 grammlik oltin quymasining narxi eng baland ko‘rsatkich 5 mln 486 ming so‘mni qayd etgan. Joriy yilning 16-sentabridan bugungi kungacha oltin quymalarining narxi 68 ming so‘mga yoki sal 1,2 foizga pastlagan.  

Mamlakatda oltin quymalarining narxi jahon bozorida belgilangan narxlarning o‘sish yoki pasayishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Kursiv Uzbekistan ushbu bog‘liqlikni LBMA taqdim etgan hisobotlarga asoslangan holda tahlil qildi.

Joriy yilning 18-sentabr kunduzgi belgilangan narxlar $2568,35 bo‘lsa, kechki hisobotlarga ko‘ra narxlar $2570,1’ni tashkil etgan, ya’ni tungi vaqtga kelib oltin narxlari $1,75 ga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda oltin quymalarining narxlari oshayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek