Poytaxtda issiqlik va issiq suv narxi oshirilmoqda
eʼlon qilindi
15 % ga
Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi oshiriladi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi bu bo‘yicha qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tarif 15% ga, ya’ni 1 Gkal uchun 121 617 so‘mga oshiriladi. Ayni paytdagi narx 105 754 so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, ulgurji tashkilotlar uchun ham tariflar 15% ga oshiriladi. Bu degani, narx 212 606 so‘mdan 244 497 so‘mga ko‘tariladi.
Oshirilgan qiymat QQSsiz bo‘lib, qachon kuchga kirishi haqida ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq energetika sohasida $36 mlrdlik loyihalar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.