Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan
                    
                            
Elchi Beybut Atamqulov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun mukofotlandi. Bu haqda TIV vaziri o‘z telegram kanalida xabar berdi.
Unga ko‘ra, Beybut Atamqulovga ordenni O‘zR Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov topshirdi.
Shuningdek, elchi janoblarining ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdagi xizmatlari e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qozog‘istonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan edi.
