Tojikistonda 19-sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi uchta zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchli magnitudasi 4,9 ni tashkil etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi.
Dastlabki zilzila Toshkent vaqti bilan soat 00:52 da qayd etilgan. Qayta zilzilalar soat 01:14 va 01:21 da sodir bo‘lgan. Zilzila episentri O‘zbekiston poytaxtidan 450 km.dan ortiq masofada joylashgan.
Zilzilalar magnitudasi 4,9 dan 4,1 gacha bo‘lgan.
Kursiv Uzbekistan 9-sentabr kuni Toshkentda sodir bo‘lgan zilzila haqida yozgan edi.