Rekonstruksiya ishlari munosabati bilan «Toshkent» xalqaro aeroportining CIP zali orqali kelgan yo‘lovchilar uchun shaharga chiqish yo‘li terminalning o‘ng tomoniga ko‘chirildi. Bu haqda Uzairports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endi yo‘lovchilar ichki hovli orqali VIP-avtoturargoh yonidan chiqadilar.
Shuningdek, kutib oluvchilar uchib kelgan yo‘lovchilarni CIP zali oldida yoki ichki hovlida kutishlari, mashinalarni esa uchib ketish zali yonidagi avtoturargohda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Iberojet» aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga aviareyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.