19-sentabr kuni Toshkent havosidagi zararli PM2.5 zarralari konsentratsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyasidan 10,8 barobar oshib ketdi. Bu haqda IQAir platformasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, poytaxt havosining bu ko‘rsatkichi nafas yo‘llari xastaligiga chalinganlar uchun zararli.
PM2.5 chang, asfalt va shinalar zarralaridan iborat. PM2.5 nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 19-sentabr kuni Toshkentdagi ob-havo haqida yozgan edi.