Toshkentda yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
FVB'ga soat 15:09 da yong‘in haqida xabar kelgan
Foto: FVB matbuot xizmati

Toshkent shahar Uchtepa tumanining Taqachi ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in 18-sentabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Qutqaruv ekipajlari tomonidan voqea joyiga 15:14’lar atrofida yetib borib 15:50’larda yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar hamda vafot yetganlar aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan, yetkazilgan moddiy zarar hamda yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

«Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek