Yangiliklar

Wildberries asoschisi Tatyana Bakalchukning sobiq eri hibsga olindi

Unga bir qator ayblovlar qo‘yilgan
Foto: WBakalchuk / Telegram

Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Wildberries hamtaʼsischisi Vladislav Bakalchukni hibsga oldi. Bu haqda tadbirkorning vakili xabar berdi.

Ma’lim qilinishicha, unga qotillik, militsiya xodimini oʻldirishga urinish, oʻzboshimchalik, odam oʻldirishga urinish kabi moddalar boʻyicha ayblov qoʻyilgan. Hozirda u 48 soat hibsga olingan.

Vladislav tomoni ayblovlarni absurd deb aytmoqda.

«Vladislav Sergeyevich va uning hamkasblari korporativ nizoni hal qilish uchun oldindan kelishilgan uchrashuvga borishgan», deyiladi bayonotda.

Bungacha Vladislav Bakalchuk vakili hibsga olingani haqidagi ma’lumotni rad etib, bunday xabarlarni yolgʻon deb atagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Tatyana va Vladislav Bakalchuk 20-yil birgalikda yashagan. Er-xotin Wildberriesʼning Russ kompaniyasi bilan birlashishi fonida munosabatlarini tugatishga qaror qilishgan.

Oʻsha paytda Bakalchuk bu kelishuvni bosqinchilik deb atadi. Xotini esa bu da’volarni rad etgan. Keyinchalik Bakalchuk sobiq turmush oʻrtogʻini 18-sentabr kuni Moskvadagi ofisiga bostirib kirishga urinishda aybladi. Aytilishicha, hodisa natijasida binoni qoʻriqlayotgan ikki kishi halok boʻlgan.

Vladislav Tatyananing ayblovlarini rad etib, u ofisga rasmiy muzokaralar uchun kelganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, uning hamrohlari qurollanmagan va tadbirkor huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tatyana Bakalchuk Russ bilan birlashganidan keyin $3,4 milliard yoʻqotgani haqida yozgan edi.