Yangiliklar

Xotin-qizlarni ishga joylashtirish uchun 50 mln so‘mlik grant tanlovi e’lon qilinadi

Grantlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan ajratiladi
Rasm: mathes / www.depositphotos.com

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Saodat Boymirzayeva olis tumanlarda kam ta’minlangan xotin-qizlarni (kamida 20 nafar) ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 50 mln so‘mlik grantlar tanlovi e’lon qildi. Grantlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan ajratiladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ishtirok etish uchun hujjatlarni 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha topshirish mumkin. Kasanachilik asosida kamida 20 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan barcha tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari bilan qo‘mita saytida tanishish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan USAID O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar dasturini ishga tushirgani haqida yozgan edi.