Mualliflar uchun yangi funksiyalar yaqin orada dunyodagi eng mashhur YouTube video hostingida mavjud bo‘ladi. Ularning taqdimoti «Made on YouTube» konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xizmat blogida.
Shunday qilib, kontent yaratuvchilari o‘zaro va roliklar tomoshabinlari bilan muloqot qilish uchun hamjamiyatlarni shakllantirishlari mumkin bo‘ladi. Sun’iy intellekt (SI) yordamida jamoatchilik savollariga javoblarni generatsiya qilish funksiyasi mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, mualliflarga yangi «Inspiration» sahifasi yordamida roliklar uchun g‘oyalar, dublyaj va video yaratish bilan yordam beriladi. Ushbu funksiyalarning barchasi sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, endi roliklarni «xayp» tugmasi yordamida baholash mumkin bo‘ladi. U videoga bir hafta ichida eng zo‘r qatoriga kirishga imkon beradi. Xizmat, shuningdek, qo‘llab-quvvatlanadigan tillar sonini kengaytiradi.
Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston e-gov jahon reytingida o‘z o‘rnini yaxshilagani haqida yozgan edi.