
Bugun, 20-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Kunduzi havo 31-darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 29-darajagacha isishi mumkin, kechga kelib 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda aksincha, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-darajagacha isiydi, kechga kelib havo 9-14 daraja iliq bo‘ladi.