Narxlarning oshishida kartoshka yetakchi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hisobot joriy yilning 8-avgust va 12-sentabrda o‘tkazilgan narx monitoringiga asoslanib tuzildi
Manba: IMRI matbuot xizmati

Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (IMRI) mutaxassislari 2024-yil sentabr oyida Toshkentning eng yirik supermarketlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini muntazam monitoring natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, hisobot joriy yilning 8-avgust va 12-sentabrda o‘tkazilgan narx monitoringiga asoslanib tuzildi. Tadqiqot 21 ta mahsulotni qamrab oldi va natijalar turli mahsulotlar bo‘yicha minimal narxlarning pasayishi va o‘sishini ko‘rsatdi.

Shuningdek, 8 ta mahsulot narxi o‘tgan oyga nisbatan pasaygan. Narxlarning tushishi ayniqsa, meva va sabzavotlarga ta’sir ko‘rsatdi. Olmalar 28,2% ga, pomidorlar 18,7 foizga, karam 15,9 foizga va limonlar 13,8 foizga arzonlashdi.

Donlar orasida grechka narxi 5,9 foizga, tovuq go‘shti esa 3,1 foizga pasaygan. Shuningdek, sariq piyoz 2,0 foiz ga, shakar esa 1,6 foizga arzonlashdi.

Ushbu ko‘rsatkichlar mavsumiy ba’zi mahsulotlarga bo‘lgan talabning umumiy pasayishi, olma hamda pomidor kabi tovarlar bo‘yicha taklifning oshishi fonida ijobiy dinamikani ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, to‘qqizta mahsulotning narxlari oshgan. Eng katta o‘sish kartoshkada kuzatilgan, bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liqkuz mavsumi an’anaviy ravishda kartoshka narxlarining oshishi bilan kechadi, sababi qish yaqinlashganda kartoshkaga bo‘lgan talab oshadi.

Shu bilan birga, un, guruch, sabzi va tovuq tuxumlarining narxlari o‘tgan oy darajasida qoldi va sezilarli o‘zgarishlarni ko‘zga tashlanmadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda avgust oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek