Yangiliklar

Xususiy banklarda muammoli kreditlar ulushi 3,7% dan 4,2% ga oshdi

Avgust oyi hisobida
Foto: Hubenov/Depositphotos

Shu yilning avgust oyida bank sektorining kredit portfeli oylik hisobda 1,8% ga o‘sdi va 510 trln so‘m miqdorga ($40,1 mlrd) yetdi. Bu haqda MB xabar berdi.

Unga ko‘ra, barcha banklarning muammoli kreditlari (NPL) ulushi 4,2% (21,5 trln so‘m) darajasida saqlanib qoldi, xususiy banklar o‘rtasida esa bu ko‘rsatkich 3,7% dan 4,2% ga oshdi.

Sentabr oyi boshiga banklarning muammoli kreditlari ulushidagi sezilarli o‘zgarishlar:

O‘zsanoatqurilishbank — 3,7% dan 3,4% gacha;
Xalq banki — 5,6% dan 5,2% gacha;
Biznesni rivojlantirish banki — 11,5% dan 11,2% gacha;
Asia Alliance Bank — 3,3% dan 2,8% gacha;
Infinbank — 2,0% dan 1,7% gacha;

Ipoteka-bank — 9,4% dan 11,4% gacha;
Davr bank — 0,5% dan 0,9% gacha;
Ziraat Bank — 2,0% dan 4,3% gacha;
Garant Bank — 14,3% dan 15,0% gacha o‘sish kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq banklarning 2024-yilda qancha foyda olgani haqida yozgan edik.