Boeing ishchilar qo‘zg‘oloni tufayli $572 mln yo‘qotdi

eʼlon qilindi
33 mingga yaqin xodim ishlashdan bosh tortdi
Foto: Robert Laible / Pixabay

Sakkizinchi kun davom etayotgan ishchilar qo‘zg‘oloni Boeing kompaniyasiga $572 mln zarar yetkazdi. Bu haqda CNN Anderson Economic Group ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘zg‘olonda mashinistlar kasaba uyushmalari xalqaro assotsiatsiyasining 33 mingga yaqin a‘zolari ishtirok etmoqda.

Hozirgi kunda eng katta yo‘qotishlar Boeing tijorat samolyotlarini ishlab chiqarish to‘xtab qolgani bilan bog‘liq.

Anderson Economic Group rahbari Patrik Andersonning so‘zlariga ko‘ra, ish to‘xtalishining birinchi haftasida kompaniya samolyotni yakunlab, mijozlarga yetkazib bera olmagani uchun $445 mln yo‘qotgan. Chunki pulning katta qismini samolyot yetkazib berilgandan so‘ng olinadi.

Anderson sezilarli yo‘qotishlarga qaramay kompaniya bundan ham ko‘proq pul yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan havo kemalari ishlab chiqaruvchi Boeing kompaniyasi aksiyalari ish tashlashlar fonida tushib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek