Yangiliklar

Ko‘kalamzorlashtirish O‘zR quruvchilarining majburiyatiga aylanadi

Bu tashabbus prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda bildirildi
Rasm: Piqsels

O‘zbekistonda hududlarni qurish chog‘ida maydonning bir qismi ko‘kalamzorlashtirish uchun ajratilishi shart bo‘ladi. Mamlakat rahbariyati shunday talabni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Qurilish maydoniga tutash hududning kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi balandligi 12 metrdan ortiq yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan binoni qurayotgan tadbirkorlarga tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, «yashil belbog‘lar»ni yaratish vazifasi yirik sanoat korxonalariga yuklatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent yaqinida yigirmatacha bog‘ paydo bo‘lishi haqida yozgan edi.