Malidagi terrorchilar hujumi 77 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hujum uchun javobgarlikni «Al-Qoida»ga aloqador JNIM jangarilari o‘z zimmasiga olgan
Rasm: Agenzia Nova

Mali poytaxti Bamakoda 17-sentabr kuni terrorchi guruh politsiya akademiyasi va aeroportga hujum qildi. Oqibatda 77 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 255 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Le Figaro agentligi.

Qayd etilishicha, hujum uchun javobgarlikni «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti bilan aloqador «Islom va musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash guruhi» (JNIM) jangarilari o‘z zimmasiga olgan.

Mamlakat harbiy ma’murlari uzoq vaqt davomida qurbonlarning aniq sonini oshkor qilmadi, JNIM esa to‘qqiz soatlik hujum paytida «yuzlab qurbonlar va yaradorlar» haqida xabar berdi.

Hujumlar 2020-yildan beri davlat to‘ntarishidan keyin harbiylar nazorati ostida bo‘lgan Mali, Burkina-Faso va Nigerni birlashtirgan Saxel davlatlari konfederatsiyasining birinchi yilligi arafasida sodir bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Livan janubiga hujum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek