Yangiliklar

Oilaviy zo‘ravonlikdan himoya choralari kuchaytiriladi

894 ta oilaviy jinoyatdan 55,6 foizi yarashgan, qolgan 44,4 foiziga sudlar tomonidan jazo choralari belgilangan.
Foto: photographee.eu / depositphotos

Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya choralarini kuchaytirishga oid qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Taqdim etilgan hisobotlarga ko‘ra, 2023-yil hamda joriy yilning may oyigacha 894 ta oilaviy jinoyatlar sodir etilgan. Shundan 55,6 foizi yarashgan qolgan 44,4 foiziga sudlar tomonidan jazo choralari belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash normasi bilan to‘ldirilmoqda.

Ushbu qonun loyihasida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilinishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan skuter, samakat, elektrovelosipedlar bilan yo‘l harakatida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagani haqida xabar bergan edi.