Oltin narxi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

eʼlon qilindi
1 grammlik oltin quymalarining narxi 1,08 mln so‘mni tashkil qiladi
Foto: Unsplash

Oltin quymalarining narxi uch kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. 5 grammlik oltin quymasining narxi 5,46 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda regulation xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oltin quymalarining narxi joriy yilning 17 – 19-sentabr kunlari bosqichma-bosqich pasayib 5,42 mln so‘mgacha tushgan.  

Bugun 20-sentabr kunidan boshlab 1 grammlik oltin quymalarining narxi 1,08 mln so‘mni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarning doimiy o‘zgarib turishi, narxlarning ko‘tarilib yoki pasayib borishi jahon bozoridagi narxlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 19-sentabr kunduzgi belgilangan narxlar $2590.6 bo‘lsa, kechki hisobotlarga ko‘ra narxlar $2575.35’ni tashkil etgan, ya’ni tungi vaqtga kelib oltin narxlari $15,25 ga pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistonda oltin narxi ketma-ket uchinchi kun pastlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek