Oltin tarixda ilk bor untsiya uchun 2600 dollardan oshib ketdi
eʼlon qilindi
Avvalgi rekord — untsiya uchun 2560 dollar sentabr o‘rtalarida o‘rnatilgan edi

Oltinning narxi tarixdagi rekord darajaga ko‘tarildi, bir troya untsiyasi uchun 2600 dollardan oshdi.
Avvalgi rekord — untsiya uchun 2560 dollar sentabr o‘rtalarida o‘rnatilgan edi. Oʻsha payt Goldman Sachs Research tahlilchilari 2025-yil boshida untsiya uchun 2700 dollargacha oshishini prognoz qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistonda oltin quymalari narxi uch kunlik pasayishdan keyin 20-sentabrda ko‘tarilganini yozgan edi.