Omborxonalar qurish uchun Toshkentdagi qaysi joylar mos keladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
CMWP ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: londondeposit/Depositphotos

Toshkentdagi yangi omborxonalar poytaxtdan tashqarida yoki uning chekkalarida quriladi, deyiladi Commonwealth Partnership (CMWP) Uzbekistan konsalting kompaniyasi ma’lumotida.

Bunday joylarni tanlash ikki omil – yerning arzonligi va transport infratuzilmasining mavjudligi bilan bog‘liq.

CMWP mutaxassislari avtomagistrallar yonida omborxonalar qurish uchun uchta eng qiziqarli joyni aniqladilar. Ularga quyidagilar kirdi: Toshkent – Qo‘qon – Andijon (A373), Toshkent – Dushanbe (M34), Toshkent – Samarqand – Buxoro (M39).

Ular rivojlangan transport infratuzilmasi mavjudligi, temir yo‘lga yaqinligi bilan qulay.

Poytaxtdagi mavjud omborxonalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning 56 foizi shahar markazidan 10 km.dan 15 km.gacha radiusda joylashgan.

«Bu masofa Toshkent markaziga yetkazib berish tezligini ta’minlash nuqtai nazaridan optimal logistik masofadir», deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent hududida qancha omborxonalar borligi haqida yozgan edi.

Shuningdek