Yangiliklar

O‘zbekiston futzalchilari Kosta-Rikaga qarshi to‘p suradi

20-sentabr soat 20:00 da
Foto: Sport vazirligi

Bugun «Humo» arenasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda oʻtayotgan jahon chempionatida uchinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz 1/8 yoʻllanmasi uchun kechadigan bellashuvda Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 1:4 hisobda Paragvay terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.