O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $42,7 millardga yetdi

eʼlon qilindi
2024-yilning sakkiz oyi ichida
Foto: Oliver26 / Depositphotos.com

Joriy yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $42,7 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga ko‘pdir.

Eksport hajmi $17,3 mlrdga yetib, 5,5 foizga o‘sdi. Import ham o‘sishni ko‘rsatib, $25,3 mlrdni tashkil etdi, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 7,4 foizga ko‘p.

O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari $8 mlrd bilan Xitoy, $7,7 mlrd bilan Rossiya va $2,6 mlrd bilan Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasi tarkibida MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 2,7 foizga o‘sdi va 35,2 foizni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda xorijdan gaz sotib olish qariyb besh barobarga ortgani haqida yozgan edi.

Shuningdek