Qashqadaryoda yoʻl qurilishiga 14 milliard soʻm ajratildi
eʼlon qilindi
Yo‘l Kitob bilan Miroqini bog‘laydi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 14 milliard so‘mlik avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.
Qashqadaryo hokimligiga ko‘ra, 15 km uzunlikdagi 4K-303 Kitob – Miroqi yo‘lini asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida elektr ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinib, uning doirasida yangi transformatorlar o‘rnatildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatidagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 milliard so‘m ajratilgani haqida yozgan edi.